Gollandiya - Ispaniya uchrashuvi ham bo‘lmaydi
Ispaniya va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi tomonlar kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.
Ispaniya futbol federatsiyasining ma’lum qilishicha bu koronavirus xavfini oldini olish bilan bog‘liq. Aytish kerakki, Gollandiya va Ispaniya terma jamoalari bahsi 29 mart kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Eslatib o‘tish lozimki bundan avvalroq Uels hamda AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini ham bekor qilingan edi.
Fikrlar