Gollandiyaning mashhur jamoasida birdaniga 9 ta shaxsda koronavirus aniqlandi

  • 17.10.2020 14:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gollandiyaning mashhur klublaridan biri hisoblangan “AZ Alkmaar”da koronavirus bilan bog‘liq jiddiy vaziyat yuzaga keldi.

Jamoa a’zolarida COVID-19 ga qarshi topshirgan testlarning 9 tasi musbat natija bergan. Ularning 4 nafari asosiy, 2 tasi yoshlar jamoasidan. Yana 3 tasi esa klub xodimlari hisoblanadi. Ayni damda ularning barchasi karantinga olingan.

Ortda qolgan 4 ta tur yakunlariga ko‘ra, “AZ Alkmaar” Gollandiya chempionati musobaqa jadvalida 3 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!