"Grand Slam Tbilisi". Dastlabki kun bellashuvlaridan so‘ng, 2 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rindamiz!

  • 27 mart, 2021, 01:05
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

26 mart sanasidan Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri start olganidan xabardorsiz. Ushbu turnirning dastlabki kun bahslarida bir qator sportchilarimiz tatamiga chiqdi. 

Tecno

Bugungi kun dasturida erkaklar -60, -66, ayollar esa -48, -52, -57 kg vazn toifalarida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqdi. 

-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sardor Nurillaev oltin medal sohibiga aylandi. Uning ukasi Kemran esa kumush medal bilan taqdirlandi. Aynan shu ikki medal hisobiga O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rindagi Gruziya terma jamoasi bizga qaraganda bitta ko‘p kumush medal jamg‘argan. Bugun Italiya, Mo‘g‘uliston va Kosovo delegatsiyalari ham bir nafardan chempionga ega bo‘ldi.

photo_2021-03-26_23-58-40

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!