Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

"Grenke Chess Open 2026" gʻolibi — Muhammadzohid Suyarov

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Shaxmatchimiz mag‘lubiyatga uchramay chempion bo‘ldi

Hamyurtimiz, grossmeyster Muhammadzohid Suyarov Germaniyada o‘tkazilgan nufuzli "Grenke Chess Open 2026" turnirida yuksak natija qayd etib, musobaqa chempioniga aylandi. 
 
Mazkur turnir dunyodagi eng yirik open musobaqalardan biri bo‘lib, unda 3658 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. 
 
Muhammadzohid Suyarov klassik yo‘nalishda barqaror o‘yin namoyish etib, musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi hamda 9 turdan 8 ochko jamg‘arib, yakunda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U ushbu muvaffaqiyati evaziga 20 000 yevro mukofot bilan taqdirlandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q