
Greppling. Jahon chempionatining dastlabki kunida 6 nafar hamyurtimiz shoxsupaga ko‘tarildi
Bugun poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida greppling bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Musobaqaning dastlabki kungi bellashuvlari qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 6 nafar hamyurtimiz sovrindorlar safidan joy oldi:
Ayollar
-58 kg
Oltin – Viktoriya Sinavina (Ukraina)
Kumush – Jenishgul Abdurahmon qizi (Qirg‘iziston)
Bronza – Zilolaxon Muhammadova (O‘zbekiston)
-90 kg
Oltin – Madinabonu Salohiddinova (O‘zbekiston)
Kumush – Ruxshona Otamurodova (O‘zbekiston)
Erkaklar
-66 kg
Oltin – Maris Nersesyan (Armaniston)
Kumush – Renzo Martinez (Venesuela)
Bronza – Avzal Axmetov (O‘zbekiston)
Bronza – Simik Mahmedov (Qirg‘iziston)
-84 kg
Oltin – Nadir Imamaliev (Ozarbayjon)
Kumush – Ulug‘bek Rahmonov (O‘zbekiston)
Bronza – Nurbek Talbudin (Qozog‘iston)
Bronza – Murodullo Ablokulov (O‘zbekiston)
-92 kg
Oltin – Hajimurad Purtiev (Ozarbayjon)
Kumush – Eldar Rafigaev (Moldova)
Bronza – Mantas Daublis (Litva)
Bronza – Danielus Grebliunas (Litva)
Greppling bo‘yicha jahon chempionati bahslari ertaga davom ettiriladi.
Fikrlar