
Grigor Dimitrov: David seni ham yutaman!
London shahrida ATR tomonidan o‘tkazilayotgan yakuniy turnirda Bolgariya sharafini himoya qilgan Grigor Dimitrov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Sovrin jamg‘armasi 8.000.000 AQSh dollari bo‘lgan turnirning yarim finalida Grigor Dimitrov AQSh vakili Jek Sokni 4:6,6:0,6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi yakuniy turnirning final uchrashuvida belgiyalik David Goffen va Grigor Dimitrov raqobatlashadi.
Fikrlar