
Grilish: Gvardiola jamoasida istagan ishini qila oladigan futbolchi Messi edi
Jek Grilish Pep Gvardiola bilan ishlash haqida gapirdi.
"Pep jamoasida o‘zi xohlgan ishni qila oladigan yagona futbolchi bu Messi edi va bu tabiiy.
Bu mavsumda ayrim ichki muammolar vujudga keldi. Ba’zan o‘tirib, yaxshilab o‘yladim. O‘tgan yilgi natijadan qanday o‘zib ketish mumkin?
Hozir o‘zimning eng yaxshi formamga qaytganimni his qilyapman. Siz g‘alabalar uchun doim och bo‘lishingiz kerak. Pep menga juda mehribon va men undan qarzdorman.
Gvardiola haqiqatan ham buyuk inson va tarixdagi eng yaxshi murabbiy. Unga rahmat aytmoqchiman", - dedi "shaharliklar" yarim himoyachisi.
Fikrlar