Grinvud MYu rahbariyati va Sulsherning jahlini chiqardi

  • 22 oktabr, 2020, 12:41
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" rahbariyati yosh hujumchi Meyson Grinvudning harakatlaridan bezovta bo‘lmoqda. Bu haqida Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Angliyalik forvard "qizil iblislar"ning PSJga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Ta’kidlanishicha, klub rahbariyati va murabbiylar shtabi 19 yoshli futbolchining mashg‘ulotlarga kech qolishidan norozi bo‘lmoqda.

Oldinroq, jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Grinvud jarohat sabab PSJga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgani haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!