Gvardiola: APLda g‘alaba qozonish tobora qiyinlashib bormoqda

  • 18 avgust, 2024, 13:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi yangi mavsumda ham APL chempionligi uchun asosiy favorit ekanligi haqida o‘z fikrini aytdi.

Ta’kidlash kerakki, “shaharliklar” ketma-ket to‘rt mavsumdan buyon Angliya Premer-ligasi chempionligini hech kimga bermay kelmoqda.

“Bizni favorit deb atashlarini qabul qilishimiz kerak. Ettitadan olti marta, ketma-ket to‘rt marta g‘olib bo‘lganingizdan so‘ng bunday gap-so‘zlar mutlaqo normal holat. Men ushbu holatda nima qilish kerakligini bilaman. Biz birin-ketin g‘alaba qozonishimiz, ochkolarni qo‘lga kiritishimiz kerak, ammo tobora bunga erishish qiyinlashib bormoqda”, - dedi ispaniyalik mutaxassis City Xtra nashriga bergan intervyusida.

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi 2024/25 yilgi mavsum birinchi turini safarda “Chelsi”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!