
Gvardiola: Bizga kuch etishmayapti
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Lester"ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
"Shaharliklar" APL 19-turi doirasida "tulkilar"ni 2:0 hisobida taslim etdi.
"Ikkinchi taym biroz qiyin kechdi. Raqiblar ancha yaxshi o‘ynadi. Bizga 90 daqiqa bir xil tempda o‘ynash uchun kuch etmayapti. Umid qilamanki, yangi yil bizga yaxshi formaga kirib olish uchun yordam beradi.
Natijaga erishish uchun nimadir qilish kerak. Bugungi o‘yin hozirgi holatimizni inobatga olgan holda, juda yaxshi kechdi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar