Gvardiola: "Bunday uyinlar tufayli stadion bo‘sh qolmaydi"

  • 1 may, 18:06
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola UEFA Chempionlar ligasidagi "Barselona" va "Inter" o‘yinidan hayratga tushdi.

Tecno

- O‘yinning ajoyib darajada o‘tganidan hayratdaman. Bunday uchrashuvlar tufayli stadionlar hech qachon bo‘sh qolmaydi va biznesimiz rivojlanadi. Chempionlar ligasining ikkala yarim finali uchun shunchaki minnatdor bo‘lishim mumkin - ikkalasi ham ajoyib o‘tdi, ayniqsa kechagisi.

"Barselona"ning bunday o‘yini bilan stadionlar hech qachon bo‘sh qolmaydi. Biz bu sohada uzoq vaqt faoliyat yuritishimiz mumkin. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, "Barselona" muxlislari qanchalik faxrlanishini ko‘rish mumkin.

Menimcha, "Inter" yana bir bor o‘zining ajoyibligini isbotladi. Ularning himoyalanish usuli, qayta saflanishi, jismoniy tayyorgarligi va tashkilotchiligi juda yaxshi.

Indzagi - ajoyib murabbiy. Kelasi seshanba va chorshanba kunlari ikkita ajoyib o‘yin bo‘lib o‘tadi. Bu to‘rtta ajoyib jamoa u erda bo‘lishga munosib..." - dedi "shaharliklar" bosh murabbiy.

Ma’lumot uchun, jamoalar turnirning birinchi yarim final uchrashuvida durang o‘ynadi (3:3). Chempionlar ligasining boshqa yarim finalida esa PSJ "Arsenal"ni mag‘lub etdi (1:0).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!