Gvardiola davrida yangi rekord: "Manchester Siti" milliy kuboklarda 13-marotaba yarim finalda

  • 18.12.2025 03:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi 1/4 finalida "Brentford"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bu natija Xosep Gvardiola jamoani boshqarib kelayotgan davrda yana bir tarixiy ko‘rsatkichni qayd etishga imkon berdi. Ispaniyalik murabbiy 2016 yildan beri "shaharliklar"ni milliy kuboklar doirasida 13-marotaba yarim finalga olib chiqdi. Bu Angliya klublari orasida mutlaq rekord hisoblanadi.

"Manchester Siti" Gvardiola qo‘l ostida Liga Kubogi yarim finaliga quyidagi mavsumlarda chiqqan:
2017/18, 2018/19, 2019/20 va 2020/21.

Angliya Kubogida esa jamoa yarim finalga 2016/17, 2018/19, 2019/20, 2020/21, 2021/22, 2022/23, 2023/24 va 2024/25 mavsumlarda yo‘l olgan.

Qayd etilishicha, "Siti" Gvardiola boshchiligida Liga Kubogi yarim finaliga chiqqan har safar ushbu musobaqani qo‘lga kiritgan. Angliya Kubogida esa bu bosqichdan keyin hozirgacha ikki marta chempion bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!