
Gvardiola: “Husanov “Chelsi”ga qarshi o‘ynamasligi kerak edi”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Chelsi”ga qarshi bellashuvdan so‘ng hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida yana bir iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
“Abduqodir bu bahsda ishtirok etmasligi kerak edi. Husanovga faqatgina moslashish uchun biroz vaqt berish zarur. Angliya Premer-ligasida “aristokratlar”ga qarshi o‘ynash har doim oson emas. Ayniqsa, boshqa mamlakatdan kelib, jamoadoshlari bilan unchalik muloqot qilmay, o‘yin uchun rejalaringizni tushunmay, hech qanday mashg‘ulotlarsiz, maydonga tushish esa boshqa his tuyg‘udir. 20 yoshli futbolchini boshidan kechirganini va sodir bo‘lgan voqealarni tasavvur qiling, bu shunchaki dahshatdir” – deya ta’rif berib o‘tdi, ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, “shaharliklar” UEFA Chempionlar ligasining so‘nggi turida “Bryugge” bilan kuch sinashadi. Ushbu to‘qnashuvda milliy terma jamoamiz etakchisi kengaytirilgan tarkibdan joy olmaganligi uchun ishtirok eta olmaydi.
Fikrlar