Gvardiola ketganlarni maqtadi

  • 12.09.2025 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida bir necha o‘yinchilar bilan xayrlashdi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ketganlar orasidan uch nafar futbolchini alohida tilga oldi.

Tecno

- Eng avvalo, maqtovga Ederson, Ilkay Gyundog‘an va Manuel Akanji loyiq ekanini alohida ta’kidlashim kerak. Ularsiz erishgan yutuqlarimiz bo‘lmas edi. Ederson klub tarixidagi eng zo‘r o‘nyillikka yo‘l ochib berdi.

Gyundog‘an va Akanji mening klub uchun eng zo‘r transferlarim bo‘ldi. Bunga turli sabablarni keltirishim mumkin.

Men ularning bariga muvaffaqiyat tilayman. Ederson faoliyatiga yangilik kiritmoqchi bo‘ldi, bizda esa, Janluiji Donnarummani olish imkoniyati yuzaga keldi, - dedi Xosep Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Manuel Akanji Italiya chempionatidagi “Inter”ga ijaraga berildi. Ederson va Gyundog‘an Turkiya Superligasi grandlari – “Fenerbahche” va “Galatasaroy”ga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!