Gvardiola mavsum yakunlangach “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin — Mareska asosiy nomzod
"Manchester Siti' bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunlangandan so‘ng jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis bu qarorini klub ichidagi xodimlarga ham ma’lum qilgan. Rasmiy bayonot hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, tasdiq uzoq kuttirmasligi aytilmoqda.
"Shaharliklar" bosh murabbiyligiga asosiy da’vogarlik sifatida Enzo Mareska nomi tilga olinmoqda. Italyalik mutaxassis yil boshida "Chelsi"dan ketganidan buyon hozircha yangi jamoa boshqarmayapti.
Ma’lumot uchun, Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026/27 mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar