Gvardiola navbatdagi to‘qnashuvdan avval jarohatlangan futbolchilar haqida ma’lumot berdi

  • 20.12.2025 00:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoadagi kadrlar bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Vest Xem"ga qarshi o‘yinga qadar jarohat olgan futbolchilardan hech biri safga qaytmagan.

— Jarohatdan keyin kimdir qaytdimi? Yo‘q. Balki besh kundan keyin kimdir mashg‘ulotlarga qo‘shilar. Ammo ertaga — yo‘q, — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda "Manchester Siti" lazaretida Oskar Bobb, Jon Stouns, Rodri, Jeremi Doku, Omar Marmush, Rayan Ait-Nuri va Mateo Kovachich bor.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" — "Vest Xem" uchrashuvi 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!