Gvardiola: "O‘tmish o‘tmishda qoldi, biz o‘yinga tayyormiz"

  • 20.12.2025 02:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasida "Vest Xem"ga qarshi o‘yin oldidan raqib jamoa haqida fikr bildirdi. Ayni paytda "Vest Xem" turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

— Albatta, "Vest Xem" hozircha juda yaxshi natijalar ko‘rsatayotgani yo‘q. Ammo ular safarda "Manchester Yunayted" va "Brayton" bilan durang o‘ynadi. "Aston Villa"ga esa faqat o‘yin oxirida mag‘lub bo‘lishdi. "Vest Xem" tarkibida yuqori saviyadagi futbolchilar bor. O‘tmish — o‘tmishda qoldi. Ilgari qilgan ishlarimiz, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’i nazar, barchasi ortda qoldi. Biz o‘yinga tayyormiz, — dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak bellashuv bugun soat 20:00’da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!