Gvardiola etti o‘lchab, bir kesishi shart

  • 14 aprel, 2022, 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Braziliya futbol federatsiyachi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani kelasi yili terma jamoani boshqarishga taklif etayotgani va unga yiliga 12 million evro maosh to‘lashga tayyor ekani haqidagi xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

“Manchester Siti” mutasaddilari bundae to‘g‘ri xulosa chiqargan holda jamoani muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan ispaniyalik mutaxassis bilan yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi.

51 yoshli Gvardiolaning rahbariyati bilan munosabatlari a’lo darajada. Ular yozda katta transferlar uchun pul ajratishga va’da qilgani va bosh murabbiy hozirgi loyihani yanada kuchaytirish bo‘yicha izlanish olib borayotgani tomonlar hamkorlikni uzoq davom ettirishidan dalolat bermoqda.

Gvardiolaning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!