Gvardiola oʻziga oʻrinbosar tanladi

  • 06.02.2026 17:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Gvardiolaning o‘rniga nomzodlar orasida Xabi Alonso ham bor. Bundan tashqari, Pepning o‘zi ispaniyalik murabbiy nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda va uni o‘z o‘rniga tanladi, deb yozishmoqda OAVda.

"Real"dan ketganidan so‘ng Alonso ishsiz qolmoqda. "Shaharliklar" agar Gvardiola yozda klubni tark etsa, Xabini olib kelishni reja qilishgan. Avvalroq, "Liverpul" ispaniyalik murabbiyning xizmatlariga qiziqish bildirgan edi. Biroq mutaxassis uchun "Manchester Siti" loyihasi “qizillar”nikidan ancha ishonchliroq.

Eslatib o‘tamiz, Alonso 2026 yilning 12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (3:2) "Real"dan iste’foga chiqarilgan edi. Uning o‘rnini Alvaro Arbeloa egalladi.

Bungacha ispaniyalik mutaxassis "Bayer"da ishlagan va u bilan Bundesliga, Germaniya kubogi, shuningdek, mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, u “farmatsevtlar” bilan Yevropa Ligasi finalchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!