Gvardiola qilgan ishni Klopp ham uddaladi

  • 10 yanvar, 2020, 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premer-ligasining dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki ushbu sovrin uchun shuningdek Ole-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted») va Nayjel Pirson («Uotford») kabi mutaxassislar ham kurash olib borishgan edi.

E’tiborlisi, germaniyalik mutaxassis shu tariqa bir mavsumda 4 marta va qatorasiga ikki oy oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi hamda bu borada “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi.

Ma’lumot uchun, Klopp boshchiligidagi "Liverpul" ayni damda 20 ta turdan so‘ng APLda 58 ochko jamg‘argan holda yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!