Gvardiola Rodrini “Real”ga berib, Madriddan oladigan ikki yulduz nomini aytdi

  • 05.02.2026 11:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yana sovrinlar uchun kurashadigan qudratga ega bo'lish uchun jamoa tarkibni kuchaytirish yo'llarini qidirmoqda.

Ispaniyalik mutaxassisning navbatdagi rejasi “Real” bilan bog'liq. Ma'lumki, madriddliklar anchadan beri “Oltin to'p” sohibi Rodrini o'z safiga qo'shib olishni ko'zlab yuribdi.

Gvardiola jamoa yetakchisini qo'yib yuborishga tayyor. Buning uchun “Real” transferga o'zining ikki nafar o'yinchisini qo'shishi talab etiladi.

Bu haqida El Nacional jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “shaharliklar” Rodri Ernandesni berib, o'z tarkibiga urugvaylik yarim himoyachi Federico Valverde va braziliyalik vinger Rodrigoni qo'shib olishni istaydi.

29 yoshli Rodri Ernandesning ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yil iyuni oxirigacha amal qiladi. “Oltin to'p” sohibi bo'lgan futbolchining bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!