Gvardiola: Rodrini to‘liq o‘ynatishni kim talab qilgandi?

  • 05.10.2025 23:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining ettinchi turida “Manchester Siti” safar uchrashuvida “Brentford”ni 1:0 hisobida engib, navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Biroq bu g‘alaba Xosep Gvardiola uchun biroz og‘ir keldi. Jamoa etakchisi Rodrining jarohati qaytalanib, ispan futbolchisi 22-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola bu masalaga ham to‘xtalib o‘tdi.

- Men haq bo‘lib chiqdimmi? O‘yindan oldie sizlar Rodrini nega tzliq 90 daqiqa o‘ynatmayotganimni so‘raysizlar. Ayrim jurnalistlar “Rodrini almashtirish shartmidi?” degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Umid qilamanki, Rodrining muammosi jiddiy emas, - dedi Xosep Gvardiola.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!