Gvardiola sharmandali mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 24 noyabr, 2024, 03:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning ketma-ket 5 mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

APL 12-turida "shaharliklar" "Tottenxem"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu ular uchun ketma-ket 5-mag‘lubiyat bo‘ldi. 

"Biz ayni vaqtda zaifmiz va o‘zimizni himoya qilma olmadk. Uchrashuvni yaxshi boshladik, biroq vaziyatlarni golga aylantirishda muammoga duch keldik. Shundan keyin bu vazifa yana ham qiyinlashdi. 

Bir-birimizni ayblay olmaymiz. Birga bo‘lishimiz va avval qilgan ishimizni davom ettirishimiz kerak. Qochib ketish? Mutlaqo yo‘q. Biz turishimiz va har qachongidan ham kuchliroq bo‘lishimiz shart.  Kuchimizni belgilaydigan jihat, mag‘lubiyat onlarida qanday kurashishimizdir. Bu mavsum qanday yakunlanishini bilmayman. Lekin futbolchilarga bir soniya ham ishonishni to‘xtatmayman. 

Dunyoda ketma-ket 8, 9, 10 yil muvaffaqiyatni saqlab qolgan jamoa yo‘q. Albatta, hozir hammasi joyida emas. Biroq biz nima bo‘layotganini tahlil qilishga harakat qilyapmiz. Kelgusi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz va keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz",
- dedi "shaharliklar" ustozi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!