Gvardiola “Siti”ga 93 million evrolik himoyachi olib keladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida “Tottenxem Hotspur” himoyachisi Pedro Porroni ko‘rmoqchi.
London klubi o‘z o‘yinchisi transferi uchun 93 million yevro talab qilmoqda. “Shaharliklar” Porroni talab etilayotgan summadan nisbatan ancha past narxda sotib olishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, bunga London klubining moliyaviy ahvoli yomonlashgani, shuningdek Angliya Premer-ligasidan tushib ketish xavfi sabab bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, ispaniyalik himoyachi 2026 yil yozida Xosep Gvardiola jamoasining o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish uchun asosiy nishonga aylangan. “Siti”ning o‘zida ham moliyaviy qiyinchiliklar borligiga qaramasdan (klub o‘tgan mavsumda 338 million yevro yo‘qotgan), rahbariyat futbolchini sotib olishga tayyor.
Ekspert Stefan Borsonning ta’kidlashicha, Angliya Premer-ligasidan tushib ketish “Tottenxem” uchun taxminan 200 million funt (232 million yevro) homiylik daromadlarini yo‘qotishga olib keladi va klubni shoshilinch tarzda qo‘shimcha moliya topishga majbur qiladi. Bu esa futbolchilar bozoriga bosim o‘tkazib, ketuvchi o‘yinchilarning qiymatini pasaytiradi.
Porro 2019 yildan 2022 yilgacha “shaharliklar” tizimida bo‘lgan, ammo Gvardiola jamoasi safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. 26 yoshli ispaniyalik futbolchi 2023 yil yozidan buyon “Tottenxem” safida o‘ynamoqda.
Tajribali himoyachining “Tottenxem” bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar