Gvardiola: “U men uchun o‘z o‘g‘limdek. Unga o‘zining eng yaxshi sport formasiga qaytishiga yordam beraman”

  • 04.02.2026 16:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumkor yarim himoyachisi Fil Fodanning hozirgi formasi haqida fikr bildirdi. So‘nggi o‘yinlarda 25 yoshli xavbek asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.

"Qadam-baqadam u qaytishga yaqinlashib boradi. U mening o‘g‘lim. U bizning o‘g‘limiz. Biz uni himoya qilishga va eng yaxshi formasiga qaytishiga yordam berishga harakat qilamiz. U bor-yo‘g‘i odam. Sakkiz-to‘qqiz yillik karerada past-balandliklar bo‘ladi. Hammasi oddiy. Men Filning iste’dodiga va uning biz uchun qanchalik muhimligiga shubha qilmoqchi emasman", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report.

Joriy mavsumda Foden barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!