
Gvatemalaga qarshi dubl qilgan futbolchimiz kamtarona fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gvatemala bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Termamiz safida Ne’matjonov dubl muallifiga aylandi. Aynan uning o‘zi bellashuvdan so‘ng o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi:
- Qiyin o‘yin bo‘ldi. Emotsiyalarni tasvirlab bera olmayman. Avvalambor. hamma yaqinlarimga va muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ular bizga oxirigacha ishonishayotgandi. Nasib qilsa, o‘zimizni isbotlashda davom etamiz.
Murabbiy bugun sizni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Ushbu bellashuvga qay darajada psixologik tayyorgarlik ko‘rdingiz?
Odatdagidek tayyorgarlik bo‘ldi va xudo xohladi, gol bo‘ldi. Boshqa hech narsa demoqchi emasman.
Fikrlar
юз билан УЗБЕКИСТОН дек диёримизга сог-омон кайтиб келишларингизни АЛЛОХ дан тилаб коламан , омад ёр булсин барчаларингизни ота-оналарингизга катта рахмат