
Gyundogan "Barselona"da qaysi raqam ostida harakat qiladi?
Xabaringiz bor, kecha germaniyalik yarim himoyachi Gyundogan rasman "Barselona" futbolchisiga aylandi.
"Ko‘k-anorranglilar" tajribali yarim himoyachi bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi. Ma’lum bo‘lishicha, u yangi klubi safida 5-raqam ostida to‘p tepadi.
Bilasiz, Ilkay o‘tgan mavsum "Siti" bilan Chempionlar ligasi, Angliya Premer ligasi va Angliya kubogida zafar quchib, trebl qayd etdi. U "Barsa"ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
Fikrlar