
Habib Fergyusonga: G‘irt yaramas bo‘lsang ham, senga va oilangga yaxshilikni tilayman
UFC jangchisi Toni Fergyusson o‘z "Tvitter" sahifasiga Habib bilan ko‘z urishtirgani aks etgan videoni joyladi va tez orada avvalgi holatida qaytishiga sha’ma qildi. Ushbu tvitga javoban promoushenning sobiq vakili Habib Nurmagomedov quyidagi javobni bildirdi:
"Sening yaqinda janging bor. Raqibing juda jiddiy va engil vazn toifasining eng e’tiborli vakillaridan biri. Unga bor e’tiboringni qarat. G‘irt yaramas bo‘lsang ham, senga va oilangga yaxshilik tilayman", - deydi rossiyalik sobiq aralash jang san’atlari ustasi.
Habib va Toni o‘rtasidagi to‘qnashuv 5 marotaba tashkil etishga harakat qilingan va barchasida turli sabablarga ko‘ra bekor bo‘lgan.
Fikrlar