
Habibning bosh murabbiyi Hasbikni shug‘ullantirayotganini ma’lum qildi (video)
Habib Nurmagomedov bosh murabbiyi Xaver Mendes Hasbik nomi bilan tanilgan bloger Hasbillo Magomedov bilan hamkorlik boshlaganini ma’lum qildi. Murabbiy blogerning suv kulerini urayotgan jarayoni videolavhasini o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasiga joyladi va ostiga quyidagicha izoh qoldirdi:
"O‘zimning navbatdagi super yulduzimni tayyorlashni boshladim. Uning ilk mashg‘uloti suv kuleri bilan bo‘ldi. Hasbik kulerga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Genri Sexudo, extiyot bo‘l. Biz sening ortingdan borayapmiz".
Fikrlar