Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Habibning kuchi nimada?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U engilmas jangchi

UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining g‘alaba keltiradigan usullari haqida gapirdi.

- Habibga har qanday raqibni istalgan shaklda parter holatiga tushirish ustunlik beradi. U kurash elementlaridan tashqari, qo‘l va oyoq zarbalarini beradi. Raqib hammasidan birdek himoyalanishi kerak. Bu raqibning muammosi va Habibning ustunligidir, - dedi Xaver Mendes.

Habib MMAda 28 ta jang o‘tkazib ularning barchasida zafar quchgan. 31 yoshli sportchi ayni paytda koronavirus tufayli og‘ir ahvolga tushib qolgan otasini davolatish bilan band.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q