Hamidjon Aktamov:"Barcha jurnalistlardan xolis bo‘lishni so‘rab qolaman"

  • 2 iyul, 2022, 11:12
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda oav tomonidan "Qizilqum" jamoasida ichki muhit buzilgani, "Paxtakor"dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng, futbolchilar rahbariyatga qarshi borgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Biz vaziyatni oydinlashtirish maqsadida "Qizilqum" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov bilan aloqaga chiqdik.

So‘nggi kunlarda "Qizilqum"dagi ichki muhit buzilgani borasida ko‘plab mish-mishlar urchib ketdi. Bu qay darajada haqiqatga yaqin?

Tecno

- Ochig‘i, bu xabarni o‘qib o‘zim ham hayron qoldim. "Paxtakor" bilan bahsda o‘zim stadionda edim. Keyin, yigitlar bilan ham gaplashdim. Hech qanday janjal yoki tortishuv haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Futbolchilarning barchasi professional. Rahbariyat ham. Lazarovich ham o‘z ishining ustasi. Har qanday jamoada tushunmovchiliklar bo‘lib turadi, ammo bu qadar bo‘rttirib yozishga hojat yo‘q. To‘g‘risi, bunday intriga qiladigan jurnalistlar sababli yo‘q muammolar paydo bo‘ladi. Hamma narsani boricha yoritish kerak.

Shu vaziyat borasida fikringiz qanday? "Qizilqum"da natijalar nega yomonlashib ketmoqda?

- O‘ylashimcha, hozirni o‘zida ham jamoa chempionlik uchun kurash olib borishga qodir. Bu futbol. Unda hamma narsa bo‘lib turadi. Shunchaki, ba’zida o‘yin chiqmaydi, arim vaziyatlarda murabbiy xato qiladi. Sport shunisi bilan qiziq. Hech qanday xavotirli voqea sodir bo‘lgani yo‘q. Ish rahbariyat tomonidan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

Hozir ko‘pchilik sizni janjal chiqarishda ayblashi mumkin?!

- To‘g‘risi, shu narsa meni xafa qildi. Men "Qizilqum" bilan sog‘lig‘imdagi muammolar sababli shartnomani uzaytirganim yo‘q. 10 yil davomida uzliksiz ishlab, ancha o‘zimni oldirib qo‘ygan ekanman. Deyarli 3 oy davomida shifoxonada davolandim. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Klubga hech qachon yomonlik tilamayman. Intriga qilish niyatim ham yo‘q. Men shunchaki, futbol jonkuyariman xolos. Barcha jurnalistlardan xolis bo‘lishini so‘rab qolaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
02/07/2022 11:14
Bechora, ishdan ketgan odamni ham qo'ymaydi chichqoq jurnalistlar