Hammanng aybingni tan ol!
«Yuventus» darvozaboni Gulyelmo Vikario Italiya chempionati doirasida «Latsio»ga yirik hisobda yutqazilgan o‘yindan so‘ng jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Aybni boshqalar zimmasiga yuklayotganimiz yo‘q: mas’uliyatni barchamiz teng bo‘lishishimiz kerak. Bugungi kunda «Yuventus» ko‘rsatgan o‘yin kerakli darajadan ancha past bo‘ldi. Bu klub tarixi butunlay boshqacha sifatdagi futbolni talab qiladi», — deya Vikarining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Nikolo Skira keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» Seriya Aning yettinchi turida «Latsio»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yetti turdan so‘ng turinliklar 11 ochko jamg‘argan va jadvalda sakkizinchi o‘rinni egalab turibdi. Keyingi turda «byankoneri» 25 oktyabr kuni «Lechche» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq «Yuve» bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoasiga o‘yin nazorati yetishmaganini ta’kidlagan edi.

Fikrlar