
Hammasi bugun hal bo‘ladi. Kuman ta’tildagi Messini zudlik bilan chaqirtirdi
“Barselona” etakchisi Lionel Messi yangi bosh murabbiy Ronald Kuman bilan suhbatga chaqirtirildi. Uchrashuv uchun argentinalik hujumchi ta’tilini erta to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Uchrashuv bir necha soat ichida bo‘lishi kutilmoqda. Tomonlar futbolchining klubdagi kelajagi va bosh murabbiyning maqsadlari haqida kelishib olishni rejalashtirmoqda.
Bungacha Lionel Messi klub boshqaruvidan noroziligini bildirib, kelasi yili yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni muzlatib qo‘ygandi. Ayni paytda Messiga “Manchester Siti”, “Inter” va PSJ o‘ta manfaatli shartnoma taklif qilib, uning javobini kutmoqda.
Fikrlar