Hammasi tamom! "Manchester Yunayted" bosh murabbiy bo‘yicha qaror qabul qildi
Rahbarlarning sabr kosasi toʻldi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrikning jamoadagi kelajagi so‘roq ostida qoldi. Teamtalk nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatidan foydalanib, mutaxassis bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Angliya grandi rahbarlari jamoaning joriy mavsumdagi natijalaridan keskin norozi. «Manchester Yunayted»ning mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi allaqachon sakkizta uchrashuvga yetdi, bu esa klub uchun juda xavotirli ko‘rsatkich sifatida baholanmoqda.
Oxirgi turlarda mankunianliklar jiddiy mag‘lubiyatlarga uchradi: «Komo»ga qarshi bahs 1:4 hisobida, «Bornmut»ga qarshi o‘yin esa 0:3 hisobida yakunlandi.
Angliya chempionatida sakkiz turdan so‘ng «Manchester Yunayted» atigi yetti ochko jamg‘argan va jadvalda 17-pog‘onada joylashgan. Bu holat klub tarixidagi eng omadсиз startlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Izohlar (0)