Hamyurtlarimizning benefisiga aylangan bahsda futbolchilarimiz necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 22.12.2025 21:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 17-turida Nuri Shaxin boshqaruvidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Gaziantep"ni qabul qilib, 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Bellashuvda O‘zbekiston terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov gol+assist muallifi bo‘ldi. Abbosbek Fayzullaev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Fayzullaev jamoaning 4-goliga katta hissa qo‘shdi, uning uzatmasidan so‘ng raqib jamoa himoyachilari o‘z darvozalarini ishg‘ol qilib qo‘yishdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng esa bir necha mashhur portallar hamyurtlarimizning o‘yinini turlicha baholadi.

"Fotmon" Abbosni 8.3 ballga, Eldorni esa 8.5 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Fayzullaevga 9.3 ball, Shomurodovga 7.9 ball qo‘ydi. 
 
Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti 22 yoshli hujumchimizga 8.2 ball berdi. Milliy terma jamoamiz sardoriga esa 8.0 ballni loyiq ko‘rdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!