Harri Keyn "Oltin to‘p"ni olgandan so‘ng Mbappe va Yamalga "nasihat" qildi
Jimgina ishingni qil
Harri Keyn «Oltin toʻp» uchun ovoz berishda gʻolib chiqdi va futbolchi uchun eng orzuli sovrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni Kilian Mbappe egallagan boʻlsa, uchlikni yosh isteʼdod Lamin Yamal yakunladi.
Soʻnggi oylarda Mbappe va Yamal bir necha bor omma oldida oʻz daʼvolarini bildirishgan edi. Frantsiya va Ispaniya yulduzlari intervyu va bayonotlarida «Oltin toʻp»ga munosibman, degan fikrni ochiq aytgan.
Harri Keyn esa ancha kamtarona yoʻl tutdi: u faqat shu mavsum karyerasidagi eng yaxshi yil boʻlganini, shu bois sovringa daʼvogarlar qatorida ekanini, qolgani esa ovoz beruvchilar ixtiyorida boʻlishini taʼkidlab keldi.
«Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritganidan soʻng Keyn ijtimoiy tarmoqlarda qisqa, ammo maʼnoli post qoldirdi. Koʻpchilik bu soʻzlarni Kilian Mbappe va Lamin Yamalgа nisbatan nozik ishora, deb baholamoqda.
«Jimgina qattiq mehnat qil. Qoʻy, sening oʻrningga muvaffaqiyat gapirsin», – deb yozdi Keyn.
«Bavariya»ning navbatdagi oʻyini 28 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Myunxen klubi Germaniya kubogi doirasida «Magdeburg»ga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar (0)