
Hasanboy Do‘smatov WBA chempionlik kamari uchun qachon jang qiladi?
O‘zbekiston Boks Federatsiyasi kamar uchun jang qachon bo‘lishini ma’lum qildi.
WBA tashkiloti minimal vazn toifasida jahon chempioni Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq bergandi.
Tailandik chempionga hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov raqiblik qiladi. Tashkilot fevral oyida ikki tomon kelishuvga erishishi uchun 30 kun muxlat bergan edi. Lekin muddat allaqachon yakuniga etgan bo‘lsa-da, tashkilotning bu haqida rasman ma’lumot berishi kechikdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Do‘smatovning jamoasi jangni Olimpiadadan keyin o‘tkazishni so‘rab, iltimosnoma kiritgan. Tashkilot esa bu so‘rovni ma’qullagan.
Shuningdek, Niyomtrong jamoasi ham bunga rozi bo‘lgan. Tailadnlik bokschi endilikda ixtiyoriy himoya jangini o‘tkazadi.
Fikrlar