
Havaskorlar professionallardek bellashdi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kollejining zalida ushbu muassasa xodimlari ishtirokida sport musobaqalari o‘tkazildi.
100 nafarga yaqin qatnashchilar guruhlarga bo‘lingan holda stol tennisi va shashka bo‘yicha bahs olib borishdi. Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan ushbu bellashuvlar qiziqarli va murosasiz o‘tdi.
G‘oliblarga va ijobiy natija qayd etgan 25 nafar ishtirokchiga maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi musobaqalar an’anaviy tarzda o‘tkazib borilishi belgilab olindi.
Fikrlar