
Haydarovning golli uzatmasi “Ajman”ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
Bugun BAA Pro-Ligasida 9-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Aziz Haydarov to‘p suradigan “Ajman” klubi safarda “Al-Vasl”ga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu o‘yin 2:2 hisobida yakun topdi. Haydarov o‘yinni zahirada boshladi va 54-daqiqada zahiradan maydonga tushdi.
E’tiborlisi, “Ajman”ning ikkinchi goliga aynan hamyurtimiz assistentlik qildi. Bu gol amalda mehmonlari mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
BAA Pro-Ligasi. 9-tur
“Al-Vasl” – “Ajman” 2:2.
Fikrlar