Helayfi PSJ futbolchilariga murojaat qildi
Nosir Al-Helayfi PSJ mashg‘ulotlarida qatnashdi va jamoada klubdan ustunroq o‘yinchilar yo‘qligini aytdi.
Parijliklar prezidenti Luis Enrike boshchiligidagi jamoaning ilk mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
U futbolchilar bilan gaplashib, hech kim klubdan ustun emasligi haqida gapirgan.
Bundan tashqari, Helayfi yangi kelgan olti nafar (Shkrinyar, Asensio, Ugarte, Lyuka Ernandes, Li Kang In va Sher Ndur bilan individual suhbat olib bordi.
Qayd etilishicha, Mbappe bilan hech qanday alohida suhbat bo‘lmagan. Klubning hujumchi borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmagan - yo shartnomani uzaytiradi yoki PSJ uni transferga qo‘yadi.
Fikrlar