Hikmat Ergashev: "Aral akademiya"siga qarshi o‘yin orqali "Buxoro" bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rdik"

  • 22 aprel, 2024, 22:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi 2-turidan o‘rin olgan OKMK – “Aral akademiya” (16:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Hikmat Ergashev qatnashdi.

Tecno

- “Aral akademiya”siga qarshi orqali biz “Buxoro” bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik. O‘zinglar ko‘rdinglar, “Aral” tarkibi yoshlardan tashkil topgan. Ular mana shunday o‘yinlar orqali yaxshi futbolchi bo‘lib etishadilar. Ularni biroz kuchi etmadi.

- “Buxoro” bilan uchrashuvda mana shu taktika qo‘llaniladimi yoki boshqacha bo‘ladimi?

- Shu o‘yin orqali tayyorlandik. Baribir tarkibda rotatsiya bo‘ladi. Ayrim o‘yinchilarga dam berdik. Shu uchrashuv orqali zaxiramizdagi yigitlarni ham ko‘rib oldik.

- “Mash’al” “Buxoro” bilan durang o‘ynadi. Oxirgi turda “Mash’al” “Aral Akademiya”ni qabul qilishini inobatga olsak, ular guruh g‘olibi bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Demak, “Buxoro” bilan ikkinchi yo‘llanma uchun hal qiluvchi o‘yin bo‘ladi. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Ha, qo‘shilaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!