Hojimat Erkinov navbatdagi kubokni qo‘lga kiritdi

  • 20.01.2025 01:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

BAA - Qatar kubogining final bahsi doirasida "Al-Vahda" va "Al-Vakra" klublari to‘qnash keldi.

Mazkur bahsning asosiy daqiqalari 1:1 ko‘rinishida yakunlangan bo‘lsa, kubok sohibi penaltilar seriyasida aniqlandi.

Hojimat Erkinov jamoasi seriyada 5:4 hisobida g‘alabaga erishdi. Hamyurtimiz bellashuvda to‘liq harakatlandi. Bu uning BAA klubi bilan qo‘lga kiritgan ikkinchi kubok bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Erkinov faoliyati davomida hozirgacha 10 ta kubokni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!