Hozir Messidan zo‘r uchta o‘yinchi bor ekan

  • 14 noyabr, 2023, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FourFourTwo portali jurnalistlari ayni paytda jahon futbolida eng zo‘r hujumkor futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Unga ko‘ra, birinchi o‘ringa “Real” safida porlay boshlagan va to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan  Jud Bellingem loyiq topildi.

Keyingi pog‘onalarda “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne va “Bavariya”dagi iste’dod Jamol Musiala egalladi.

Bu uch nafar futbolchi sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messini ortda qoldirdi. “Inter Mayami” vakili hisoblangan argentinalik yulduzdan keyingi o‘rinlarda Martin Edegor (“Arsenal”), Jeyms Meddison (“Tottenxem”), Dominik Soboslai (“Liverpul”), Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”), Lukas Paketa (“Vest Xem”), Pyotr Zelinski (“Napoli”) qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!