"Humo" xokkeychisi terma jamoaga chaqirildi

Toshkentning "Humo" jamoasi himoyachisi Igor Merejko Ukraina terma jamoasidan chaqiruv oldi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, shu bois u "qanotlilar"ning 1, 3 va 5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarida ishtirok etmaydi.

Gap shundaki, 6-9 fevral kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida olimpiada oldi saralash turniri bo‘lib o‘tadi. Ukraina terma jamoasi "H" guruhida Qozog‘iston, Polsha va Gollandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Merejko "Humo" safiga jamoaning muntazam chempionat so‘nggi safar bahslari seriyasi doirasida, Nijniy Novgorod shahrida qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, ukrainalik xokkeychi toshkentliklar safida joriy yilgi mavsumda 42 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritib, 8 golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!