
Humoyun To‘xtamurodovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum
1 iyul kuni Qozog‘istonning Almati shahrida navbatdagi yirik MMA kechasi bo‘lib o‘tadi.
Ya’nii, "Oktagon 32" turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida bir qator o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tariladi. Jumladan, yarim engil vazn (65,8 kg) toifasida yurtimizda anchagina mashhur bo‘lgan vakilimiz Humoyun To‘xtamurodov eronlik Seyed Mexrshad Estarabadi bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, eronlik jangchi professional faoliyati mobaynida 3 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, hamyurtimizning ko‘rsatkichi 4-4 ko‘rinish olgan.
Fikrlar