Husain Norchaev: Xudoga shukur debyut o‘yinimni gol bilan boshladim

  • 11 oktabr, 2021, 11:47
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniya poytaxti Ammanda yig‘in o‘tkazmoqda. Kechagi mashg‘ulot mobaynida O‘FA matbuot xizmati hujumchi Husain Norchaevdan intervyu oldi. 

Tecno

– Terma jamoadagi taassurotlar a’lo darajada. Hammasi akalarim. Ular bilan birga ham o‘ynaganman. Meni yaxshi qabul qilishgani uchun katta rahmat. Xudoga shukr, yaxshi qo‘shilib oldim. Murabbiy birinchi o‘rinda tartib-intizomga e’tibor beryapti, bu yaxshi deb o‘ylayman. Futbolda tartib intizom eng muhimi.

Kecha (Malayziyaga qarshi o‘yin, 5:1) dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvimizni o‘tkazdik. Ko‘rgan bo‘lsangiz, bahs bizning nazoratimizda bo‘ldi. Xudoga shukr, debyut o‘yinimni gol bilan boshladim. Keyingi bellashuvlarda ham gollar urib, terma jamoaga yordam berishga harakat qilamiz", -deydi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Norchaev Malayziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
11/10/2021 12:13
golga lekin haqiqatdan uzingni mehnating samarasi. u golni hech qaysi darvozabon qaytarib olmasdi. goling shunchaki gol emas. u sani mehnatingni mevasi. joy tanlash va tupka bunday pas joydan kalla bilan. urush shunchaki super. uka. Nasaf murabbiylari tugri yuldalegini yana bir bor kursatding.