Husanov "Arsenal"ga qarshi chempionlik o'yinida necha ballni qo'lga kiritdi?

  • 19.04.2026 23:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Bir necha daqiqa oldin "Manchester Siti" - "Arsenal" klublari ishtirokidagi chempionlik bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Gvardiola jamoasi 2:1 hisobida londonliklarni taslim etdi va chempionlik yo‘lidagi imkoniyatlarni yaxshilab oldi. Agar "shaharliklar" Premyer-ligada qolgan barcha uchrashuvlarda zafar quchsa, yana bir kubokni boshi uzra ko‘tarishi mumkin. 
 
Mazkur to‘qnashuvni hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda boshlab, to‘liq o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng bir necha statistik portallar vakilimizning o‘yini turlicha baholadi.

"Fotmob" vakilimizni 7.7 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.8 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 6.9 ball berdi. 

Ma’lumot o‘rnida, manchesterliklar navbatdagi uchrashuvini 23 aprel kuni "Börnli"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!