Husanov bor, xavotir olmang!

  • 16.01.2026 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” himoyachi chizig'ida kadrlar tanqisligi avjiga chiqqan pallada yana Xosep Gvardiolaning joniga oro kirmoqda. 21 yoshli legionerimiz tiĝiz taqvim vaqtida Angliya Premyer-ligasi, mamlakat kubogi va Karabao kubogi musobaqalarida “shaharliklar”ning ijobiy natijalariga katta hissa qo'shib kelmoqda.

Ayniqsa, “Uotford”dan ijaraga qaytgan yosh futbolchi Maks Alleyn bilan birgalikda himoya markazini mustahkam ushlab turgan Abduqodir Husanovning ishonchli oʻyini muxlisu mutaxassislar  eʼtirofiga sazovor boʻlyapti.

Sports.uz portali “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanov haqida muxlislar bildirayotgan fikrlarni oʻrganib chiqdi va ulardan ayrimlarini oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilishni maʼlum topdi.

Nasco Lkp:

Abduqodir Husanov himoyalanish boʻyicha master klass koʻrsatyapti.

Ola Taiwo:

Husanov qoʻlidan kelgan barcha ishni bajaryapti. Men ilgari hech qachon himoyaga eʼtibor qaratmas edim. Endi gʻalaba himoydan boshlanishini bildim.

Gift Katlego:

Diash va Gvardiol markaziy himoyaga qaytsa, Husanovga oʻng qanotni toʻliq berish kerak.

Reggie Khule:

Husanov haqiqatan zoʻr himoyachi ekanini isbotlab kelyapti.

Joel Ugochukwu Okenwa:

Husanov hozir jahondagi eng zoʻr himoyachi. U yugurishni biladi va toʻpni toza olib qoʻya oladi.

Ik Parry:

Katta himoyachilar safga qaytgan taqdirda ham Husanov koʻproq oʻynashga munosib.

Emerald Sage Emrys:

Husanov hamma xatolarni yopadigan mashina!

Cleverly Mosses:

Husanov maydonda ekan, hech narsadan xavotir olmang.

King Abdul:

Husanov Gvardiolaning yuragini zabt etdi

Skeem Molete:

Husanov Ruben Diashdan kuchli ekan.

Connor Rigby:

Biz muxlislar Husanov va Alleynning oʻyinidan hayratdamiz!

Tochukwu Elias:

Himoya chizigʻi masalasida xotirjammiz. Qachondir kimdir menga Husanov va Alleyn Gvardiol va Diashning oʻrnini egallay oladi desa, men umuman ishonmas edim. Lekin amalda shunday boʻlib chiqdi.

Ian Raine:

Ikki markaziy himoyachilar juda zoʻr oʻynayapti. Biri 20, ikkinchisi 21 yosh. Bir birini zoʻr tushunyapti. Mana “Siti”ning kelajagi kim?

Tendai Smokeh:

Husanov jamoaning haqiqiy tayanchiga aylandi.

 Syllah Mako:

Shu paytgacha “Siti” himoyasiga Husanov va Alleyn yetishmagani bilinib qoldi

Traore Lajo:

Husanov men uchun eng zoʻr oʻyinchi boʻlib qoldi.

Tinashe Jonga:

Husanov zoʻr himoyalanadi, sherigi esa, toʻpni yaxshi nazorat qilar ekan.

Kevinho Mosquito:

Maks va Abduqodir fantastik futbolchilar. Ular jahondagi eng yosh himoyachilar duetidir.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!