Husanov "Everton"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etadimi? Gvardiola qisman javob berdi!

  • 19 aprel, 14:47
  • Bilolbek Imomov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoada ishonchli va barqaror futbolchilarning bo‘lishiga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, jamoada futbolchilar soni ko‘p bo‘lishi emas, ularning ishonchliligi muhimroq.

Tecno

"Hozirda tarkibimiz katta va shunchalikki, bir-ikki futbolchi hatto "Gudison Park"dagi o‘yinga ham bora olmaydi. Bu ular uchun og‘riqli holat.

Ular o‘z uylarida qolishadi va o‘zlariga savol berishadi: “Men bu erda nima qilyapman?”. Shuning uchun eng asosiysi — qaysi futbolchi ishonchliroq ekanini tahlil qilish. Bu juda muhim.

Agar futbolchi ishonchli bo‘lsa, unda bizning uchun etarli. Ammo agar u mavsumdagi faqat 20-25 foiz o‘yinlarda ishtirok etsa, unda o‘sha pozitsiyaga yana bir futbolchi kerak bo‘ladi.

Bu barchasi keyingi mavsum uchun. Agar tarkibimizda ishonchsiz futbolchilar qoladigan bo‘lsa, tarkibni kengaytirishga to‘g‘ri keladi. Biroq, biz to‘g‘ri muvozanatni topishimiz kerak", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, bugun "shaharliklar" bugun Mersesaydning "Everton" klubi bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
19/04/2025 16:44
Тугри рекламага тушиб узини йукотди бола
Negmat Negmatov
19/04/2025 15:08
Шутка Тошкентга келиб, расво булдида, нима га керак эди, уёк буёкга чакириб, мана охири нима билан тугади, куйинглар барака топкурлар уз холига ,Худо курсатмасин бирор нарса булса биринчилардан сизлар узларинг олиб кочасизларку. Омад Абдукодирга, Пепга холодный голова
Negmat Negmatov
19/04/2025 15:15
Шутка эмас '"ШУ'"--деб укилсин. Узр отпечатка булибти