Husanov haqida katta hushxabar!

  • 27.06.2026 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi Abduqodir Husanovni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ko‘p sonli muxlislar o‘yinchi faoliyati haqida yana bir hushxabarni eshitdi.

Forbes Sport portali O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovni tashkilot tomonidan tuzilgan 2026 yildagi jahon chempionati ishtirokchilari orasidagi eng ko‘p maosh oladigan 48 nafar futbolchi reytingiga kiritdi.

Yirik manba – Forbes Sport tadqiqoti natijasi hisoblangan ushbu reyting futbolchilarning yillik umumiy daromadi asosida tuzilgan bo‘lib, unda maosh, bonuslar, sponsorlik shartnomalari, litsenziya to‘lovlari, reklama kelishuvlari va shaxsiy biznesdan keladigan daromadlar hisobga olingan.

Hisob-kitoblarda Capology, Football Benchmark va Spotrac ma’lumotlaridan foydalangan. Barcha summalar soliqlar va agentlik komissiyasiz keltirilgan.

Reytingga O‘zbekistondan faqat 22 yoshli Abduqodir Husanov kiritildi va umumiy ro‘yxatda 38-pog‘onaga joylashtirildi.

Forbes Sport bahosiga ko‘ra, Husanovning yillik daromadi quyidagicha:

  • Futboldan oladigan daromadi – 5 million AQSh dollari.
  • Futboldan tashqari daromadlari –  1,2 million AQSh dollari.

O‘zbekistonlik mashhur futbolchining asosiy sponsori sifatida dunyoga dongi ketgan Puma kompaniyasi qayd etilgan.

Shuningdek, 2025 yilda Husanov o‘zining AK45 energetik ichimliklar brendini ishga tushirgani va bu loyiha ham uning tijoriy daromadlarini baholashda hisobga olingani ta’kidlangan.

Sports.uz portali o‘quvchilarga ushbu reytingda kuchli uchlikdan o‘rin olgan yulduzlarni ham tanishtiradi. Birinchi o‘rinni Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu egalladi. Uning yillik umumiy daromadi 280 million AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan 230 million dollari futbol faoliyatidan, 50 million dollari esa tijoriy faoliyatdan keladi.

Ikkinchi qatorda Lionel Messi qayd etilgan. Uning yillik daromadi 130 million dollar bo‘lib, shundan 60 million dollari futboldan, 70 million dollari esa boshqa tijoriy faoliyatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Uchinchi pog‘onada esa Kilian Mbappe bormoqda. Fransiyalik hujumchining yillik umumiy daromadi 95 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan 70 million dollar futbol faoliyatidan, 25 million dollar esa reklama va boshqa tijoriy loyihalardan keladi.

Mundialdagi futbolchimiz xorij klublari bilan muzokara boshladi

O‘zbeklarda shu o‘yinchi zo‘r ekan! Futbol skauti Yevropa klublarini o‘zbek futbolchisiga e’tibor qaratishga chaqirdi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
27/06/2026 14:04
Хусановдан кутилган ўйин, суст бўлмоқда.